O‘zb Рус Eng
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
 

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Mutal BURHONOV musiqasi, Abdulla ORIPOV so‘zi.

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot, 
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, 
Yerkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona-yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Дата добавления: 28/06/2019 11:34;   Просмотров: 1859
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/reference/ozbekiston-respublikasining-davlat-madhiyasi
Чоп этилган вақт: 29/09/2022 16:33
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.