O‘zb Рус Eng
Muhim sanalar
 

Muhim sanalar

Yanvar

1 yanvar – Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.

1 yanvar — O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir (Zokir) Muhammadjonov (1921-2012) tavalludining 100 yilligi.

3 yanvar – Adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Umarali Normatov (1931) tavalludining 90 yilligi.

4 yanvar – Dramaturg  Sharof  Boshbekov (1951) tavalludining 70 yilligi.

8 yanvar — Adib va adabiyotshunos olim Xurshid Do‘stmuhammad (1951) tavalludining 70 yilligi.

8 yanvar – Prokuratura xodimlari kuni

12 yanvar – Shoir va tarjimon Sulaymon Rahmon (1946) tavalludining 75 yilligi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (1993).

15 yanvar — Shoir Sulton Jo‘ra (1910-1943) tavalludining 110 yilligi.

15 yanvar – Adabiyotshunos, matnshunos, O‘zbekistonda Respublikasi fan arbobi Abdurashid Xo‘jaevich Abdug‘afurov (1931-2005) tavalludining 90 yilligi.

16 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor Shuhrat Solihovich Abbosov (1931) tavalludining 90 yilligi.

16 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Ikroma Boltaeva (1916-1993) tavalludining 105 yilligi.

18 yanvar — Yozuvchi Xayriddin Sultonov (1956) tavalludining 65 yilligi.

19 yanvar – Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun (1875)

27 yanvar – Xalqaro bojxona kuni

28 yanvar – O‘zbekiston Xalq artisti, xoreografiya professori Bernora Rahimovna Qorieva (1936) tavalludining 85 yilligi.

30 yanvar – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun (1938).

Fevral

9 fevral – Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 580 yilligi.

13 fevral – O‘zbek adibi Hasan Po‘lat (1911-1942) tavalludining 110 yilligi.

14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.

15 fevral – Shoira Saida Zunnunova (1926-1977) tavalludining 95 yilligi.

21 fevral – Xalqaro ona tili kuni (YUNESKO)

26 fevral – Shoir Mirza Kenjabek (1956) tavalludining 65 yilligi.

Mart

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

16 mart – O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan Tamaraxonim ( 1906-1991) tavalludining 115 yilligi.

17 mart – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).

21 mart – Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).

21 mart – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov (1941) tavalludining 80 yilligi.

22 mart — Buyuk mutafakkir olim, astronom va matematik, tarixchi va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek (1394 — 1449) tavallud topgan kun.

22 mart – Xalqaro obi-hayot kuni

23 mart – O‘zbekiston xalq artisti  Mukambar Hakimovna Rahimova (1941) tavalludining 80 yilligi.

25 mart — Shoir Sa’dulla Hakim (1951) tavalludining 70 yilligi

27 mart – Xalqaro teatr kuni (1961).

29 mart – Shoir Miraziz A’zam (1936) tavalludining 85 yilligi.

Aprel

1 aprel – Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel – Butunjahon qushlar kuni.

2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni.

7 aprel – Jahon salomatlik kuni

8 aprel – Bastakor, O‘zbekiston xalq artisti To‘xtasin Jalilov (1896-1966) tavalludining 125 yilligi.

9 aprel – Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur (1336-1405) tavalludining 685 yilligi.

10 aprel — O‘zbek adabiyotining buyuk vakili, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy (1894-1938) tavallud topgan kun.

13 aprel – O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Jo‘raevich Tojiev (1936) tavalludining 85 yilligi.

14 aprel – Kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov (1916-1990) tavalludining 105 yilligi.

18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni.

24 aprel — O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov (1926 — 1996) tavallud topgan kun.

26 aprel – O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi Lutfixonim Sarimsoqova (1896-1991) tavalludining 125 yilligi.

26 aprel – Xonanda, aktyor, rassom, O‘zbekiston xalq artisti Botir Karimovich Zokirov (1936-1985) tavalludining 85 yilligi.

29 aprel – Xalqaro raqs kuni.

.May

1 may – Dorboz Shokirjon Toshkanboev (1906-1965) tavalludining 115 yilligi.

3 may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1994).

3 may – Shoir va yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi   Mirmuhsin Mirsaidov (1921-2005) tavalludining 100 yilligi.

.5 may – Bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mutal (Mutavakkal) Muzayyinovich Burxonovning (1916-2002) tavalludining 105 yilligi.

5 may — Shoir Ikrom Otamurod (1951) tavalludining 70 yilligi

7 may – Radio kuni (1945).

9 may – Xotira va Qadrlash kuni (1999). – Umumxalq bayrami.

15 may – Butunjahon oila kuni (1994).

15 may – Manbashunos, tilshunos olim, O‘zFA akademigi  Alibek Rustamov (1931-2013) tavalludining 90 yilligi.

18 may – Xalqaro muzeylar kuni (1977).

19 may – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).

21 may – O’zbekiston  Kutubxonachilari kuni

31 may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni

Iyun

1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (1949).

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972).

14 iyun – Xalqaro donorlar kuni

16 iyun — O‘zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekov (1946) tavalludining 75 yilligi

27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni .

30 iyun – O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Safoevich Alixo‘jaev (1941-2015) tavalludining 80 yilligi.

Iyul

1 iyul – Kulol, O‘zbekiston xalq rassomi Kamol Turobov (1921) tavalludining 100 yilligi.

1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).

3 iyul – Yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat (1941) tavalludining 80 yilligi.

12 iyul — Yirik davlat arbobi, shoir va olim, nosir va dramaturg, ma’rifatparvar Abdurauf  Fitrat (1886-1938) tavalludining 135 yilligi.

16 iyul – Yozuvchi, shoir, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Omon Muxtor (1941-2013) tavalludining 80 yilligi.

20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.

20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.

23 iyul – Xalqaro olimpiada kuni

Avgust

1 avgust – Yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriev (1926-2010) tavalludining 95 yilligi.

5 avgust – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov (1941-2013) tavalludining 80 yilligi.

10 avgust — Bolalar adibi Erkin Malik (1941) tavalludining 80 yilligi.

12 avgust – Xalqaro yoshlar kuni

15 avgust — Yozuvchi Qamchibek Kenja (1946) tavalludining 75 yilligi

27 avgust – Kino kuni (1979).

28 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriev (1931-2004) tavalludining 90 yilligi.

31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).

Sentyabr

1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).

1 sentabr –  O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Asilpo‘lat o‘g‘li Umarov (1926-2007) tavalludining 95 yilligi.

2 sentabr – O‘zbekiston xalq shoiri  Shukrullo (Shukrullo Yusupov, 1921-2020) tavalludining 100 yilligi.

13 sentabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).

16 sentabr – Bahouddin Naqshband kuni (1993).

21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni.

22(23 ) sentabr – Kuzgi teng-kunlik — “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh ).

25 sentabr – Adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi  Yusuf Sultonov (1911-1991) tavalludining 110 yilligi.

Oktyabr

1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).

8 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov (1931) tavalludining 90 yilligi.

15 oktabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Ibrohim Rahim (1916-2001) tavalludining 105 yilligi.

18 oktabr – Samarqand shahri kuni (1996).

20 oktabr – Xiva shahri kuni.

20 oktabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov (1926-2009) tavlludining 95 yilligi.

21 oktabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun (1989).

23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOga a’zo bo‘lgan kun (1993).

24 oktabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni. (Har yili oktabr oyining 4-chi dushanbasida nishonlanadi).

25 oktabr – Yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jumaniyoz Sharipov (1911) tavalludining 110 yilligi.

Noyabr

7 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov (1911-1994) tavalludining 110 yilligi.

8 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Sora Abdurahmonovna Eshonto‘raeva (1911-1998) tavalludining 110 yilligi.

10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).

11 noyabr — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinooperator Temur Abdunabievich Qayumov (1941) tavalludining 80 yilligi..

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).

20 noyabr – Yozuvchi, dramaturg Oydin (Sobirova Manzura) (1906-1953) tavalludining 115 yilligi.

20 noyabr — Adib,shoir va dramaturg Mashrab Boboev (1941-2003) tavalludining 80 yilligi.

21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).

21 noyabr – Butunjahon televidenie kuni (1996).

Dekabr

2 dekabr – Shoir va dramaturg Ramz Bobojon (1921-2008) tavalludining 100 yilligi.

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun (1992).

15 dekabr – Opera xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti Jamol Nizomxo‘jaev (1921-1992) tavalludining 100 yilligi.

15 dekabr – Adabiyotshunos olim, O‘zFA akademigi   Salohiddin Mamajonov (1931-2005) tavalludining 90 yilligi.

15 dekabr – Sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti Qahramon Dadaev (1936) tavalludining 85 yilligi.

20 dekabr – Birinchi o‘zbek aktyorlaridan, O‘zbekiston xalq artisti Rahim Pirmuhamedov (1896-1972) tavalludining 125 yilligi.

27 dekabr — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik (1946) tavalludining 75 yilligi.

28 dekabr – Shoir, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov (1936) tavalludining 85 yilligi.

 

 


Последнее редактирование: 12/01/2021 10:23;   Просмотров: 2698
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/reference/muhim-sanalar
Чоп этилган вақт: 29/09/2022 17:17
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.