O‘zb Рус Eng
"Yosh kitobxonlar" respublika ko'rik-tanlovi
 

Kitobxonlikni targʼib qilish orqali oʼquvchilarning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash koʼnikma va malakalarini shakllantirish, maʼnaviy tahdidlarga nisbatan sogʼlom immunitetni rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Yosh kitobxonlar” respublika koʼrik –tanlovini e’lon qiladi.

Koʼrik-tanlov uch bosqichda quyidagi tartibda oʼtkaziladi:

  1.  birinchi saralash bosqichi – barcha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlariga qarashli umumiy oʼrta taʼlim maktablarining kutubxonalariga aʼzo boʼlgan 7-10-sinf oʼquvchilari orasidan 28 iyunga qadar 4 nafar oʼquvchilardan iborat jamoa shakllantiriladiva ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun yoʼllanma taqdim etiladi.
  2.  ikkinchi viloyat bosqich–tuman (shahar) xalq taʼlim boʼlimlarida tuzilgan jamoalar oʼrtasida Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida (viloyat Bolalar kutubxonasida) 1-iyulga qadar oʼtkaziladi.

Viloyat bosqichlarni tashkil etish va oʼtkazish viloyat Bolalar kutubxonalari (Toshkent shahar, toshkent viloyatida koʼrik-tanlovni oʼtkazish viloyat xalq taʼlim boshqarmalarining tegishli mutaxassislariga) yuklatiladi.

      3.uchinchi Respublika bosqich –iyul oyining oxirgi oʼn kunligida boʼlib oʼtadi.

Koʼrik-tanlovning birinchi bosqich boʼyicha tuman (shahar) xalq taʼlim boʼlimlari tomonidan tayyorlangan jamoalarning hujjatlari joriy yilning 28-iyuniga qadar ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tuzilgan tashkiliy qoʼmitalarga taqdim etiladi.

Yakuniy Respublika bosqichi gʼoliblari haqidagi maʼlumotlar 10-iyulga qadar Respublika tashkiliy qoʼmitasiga taqdim etiladi.

Koʼrik-tanlov shartlari vabaholash mezonlari

Koʼrik-tanlov ishtirokchilari Hakamlar hayʼati tomonidan quyidagi shartlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi:

1 shart. Eng koʼp kitob oʼqigan jamoa viktorinasi sharti boʼlib, unda oʼzbek va jahon adabiyotidan savollar berish orqali oʼquvchilarning kitobxonlik darajasi aniqlanadi.

Ushbu shartda tuman(shahar) bosqichida 20 dona (15 dona oʼzbek, 5 dona jahon adabiyotlaridan), viloyat bosqichida 30 dona (20 dona oʼzbek va 10 dona jahon adabiyotlaridan), respublika bosqichida 40dona (30 dona oʼzbek va 10 dona jahon adabiyotlaridan)badiiy kitoblar haqida tuzilgan savollar orqali gʼoliblar aniqlanadi. Mazkur shartga bir jamoa uchun ikki daqiqadan vaqt ajratiladi.

2 shart. Badiiy qahramonlar sharti boʼlib, mazkur shartda jamoa ishtirokchilari oʼzlari xohlagan milliy va jahon adabiyotidan qisqa teatrlashtirilgan sahna koʼrinishini amalga oshiradi. Ushbu shartda sahna koʼrinishi 10 daqiqadan oshmasligi shart ( sahna kiyimlari kitobda aks etgan badiiy qahramonga oʼxshatilganligi uchun alohida qoʼshimcha ball qoʼyiladi

Jamoalar quyidagi tartibda baholanadi:

 –             Eng koʼp kitob oʼqigan jamoa viktorinasi sharti 50 ballgacha;

–             Badiiy qahramonlar sharti 50 ballgacha.

Koʼrik–tanlov gʼoliblari, nominatsiya sovrindorlari va ishtirokchilari xalq taʼlimi vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan I, II, III darajali diplom va quyidagi nominatsiya bilan taqdirlanadi:

a) “Eng zukko kitobxon jamoa”nominatsiyasi

b) “Eng yaxshi teatr sahna koʼrinishini ochib bergan jamoa”nominatsiyasi.


Дата добавления: 25/06/2021 10:23;   Просмотров: 281
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/press-service/contests/yosh-kitobxonlar-respublika-korik-tanlovi
Чоп этилган вақт: 18/08/2022 12:44
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.