O‘zb Рус Eng
“Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi
 

Samarqand viloyati umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2019 yil “26”– apreldagi 141–son buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning ma'naviy hayotida o‘ziga xos an'anaga aylangan ushbu tadbir yosh kitobxonlarning qiziqishlari, ma'naviy olami va intilishlari, aktyorlik mahoratlarini namoyish etish bilan birga kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishga, ularning ma'naviy va ma'rifiy salohiyatini yanada yuksaltirish, intellektual ehtiyojlarini qondirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
“Yosh kitobxonlar” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tashkiliy guruhlar tomonidan tanlov bosqichlari maktablarda, tuman (shahar)da belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tdi.
“Yosh kitobxonlar” ko‘rik - tanlovining viloyat bosqichi Samarqand viloyat bolalar kutubxonasida joriy yilning 1 iyul kuni Nizom talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazildi va bu tadbirda 16 ta tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 7-10- sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlovda Kattaqo‘rg‘on tuman 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi I-o‘rinni, Oqdaryo tuman jamoasi va Narpay tuman jamoasi II-o‘rinlarni, Samarqand tuman jamoasi va Jomboy tuman jamoasi III-o‘rinlarni shuningdek, Samarqand shahar 54 – umumiy o‘rta ta'lim maktab jamoasi va Ishtixon tuman 1–IDUM jamoasi “Eng zukko kitobxon jamoa” nominatsiyasini, Pastdarg‘om tuman 54 – umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi va Paxtachi tuman 36 – umumiy o‘rta ta'lim maktab jamoasi esa “Eng yaxshi teatr sahna ko‘rinishini ochib bergan jamoa” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Ishtirokchilarning ballari teng bo‘lib qolganligi bois 2 ta II-o‘rin va 2 ta III-o‘rin umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoalariga berildi.
Ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat bolalar kutubxonasining “Faxriy yorliqlari” hamda homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Yosh kitobxonlar” va shunga o‘xshash ko‘rik tanlovlarning o‘tkazilishi yildan-yilga o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi va dunyoqarashining shakllanishiga hamda Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatining oshishiga omil bo‘lmoqda.


Дата добавления: 02/07/2021 09:00;   Просмотров: 327
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/press-service/contests/yosh-kitobxonlar-korik-tanlovi-viloyat-bosqichi-otkazildi
Чоп этилган вақт: 18/08/2022 11:51
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.