O‘zb Рус Eng
Ko‘rik-tanlovlar

"Yosh kitobxonlar" respublika ko'rik-tanlovi

25-06-2021

Kitobxonlikni targʼib qilish orqali oʼquvchilarning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash koʼnikma va malakalarini shakllantirish, maʼnaviy tahdidlarga nisbatan sogʼlom immunitetni rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Yosh kitobxonlar” respublika koʼrik –tanlovini e’lon qiladi.

  Batafsil ...  

"Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

23-06-2021

“Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.
Samarqand viloyati bolalar kutubxonasida joriy yilning 22-iyun kuni “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raxbari Toshpo‘lat Tugalov, Adolat SDP vakili Asqar Xoliqov va Samarqand OAVlarining vakillari ishtirok etishdi. Unda tuman va shahar bosqichlaridan g‘olib bo‘lgan 16 ta maktab jamoalaridan 96 nafar ishtirokchilar qatnashib, g‘oliblik uchun 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Jomboy tumanining 46-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi, 2-o‘rinni Ishtixon tumanining 1-IDUM jamoasi, 3-o‘rinni Samarqand tumanining 2- IDUM jamoalari egallashdi. “Eng zukko ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari”, “Eng tashabbuskor ona-tili va adabiyot o‘qituvchisi”, “Eng faol yoshlar yetakchisi”, “Eng bilimdon kutubxonachi”, “Eng kitobsevar o‘quvchi” nominatsiyalari asosida ham ishtirokchilar taqdirlandilar.Tanlovning barcha ishtirokchi jamoalari faol ishtirokchi diplomlariga sazovor bo‘ldi.
Tanlovda 1- urinni egallagan Jomboy tumani 46- umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi tanlovning Respublika bosqichida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

  Batafsil ...  

"Yosh kitobxon oila" tanlovida ishtirok eting va g'oliblikni qo'lga kiriting!

17-06-2021

Yoshlar ishlari agentligi bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini e’lon qiladi.

  Batafsil ...  

Har bir bolada iqtidor bor, faqat...

10-06-2021

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Iqtidoringni namoyon et!" ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Viloyat prokuraturasi, xalq ta’limi va moliya boshqarmalari hamda yoshlar ishlari agentligi viloyat bo‘limi hamkorligida uch bosqich va uch yo‘nalishda tashkil etilgan tanlovda viloyat bo‘yicha 30 ming nafardan ziyod o‘quvchilar qamrab olindi. Ular orasidan 3 741 nafar yigit-qiz saralanib, shahar va tuman bosqichlarida ishtirok etdi. Bu bosqichda g‘olib bo‘lgan 48 nafar o‘quvchi esa tanlovning yakuniy viloyat bosqichida qatnashdi. 

Har bir bolada iqtidor bor, faqat uni namoyon eta bilish kerak, - deydi viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Muharram Hamroyeva. – Bu tanlov boshqalaridan farqli o‘laroq, darslarni yaxshi o‘zlashtirolmaydigan, tarbiyasi og‘ir va maxsus hisobda turadigan o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazildi. Ular “Eng yaxshi kitobxon”, "Buyuk ajdodlarimizning munosib vorisi”, "Yosh huquqshunos” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.

Ishtirokchilar orasidan har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar saralanib, tashkilotchilar tomonidan ularga diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

  Batafsil ...  

“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko'rik-tanlovi

25-05-2021

Samarqand viloyati bolalar kutubxonasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni kitobga va mutolaa qilishga bo‘lgan mehrini oshirishga qaratilgan “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik –tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

  Batafsil ...  

 
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.