O‘zb Рус Eng
Ko‘rik-tanlovlar

“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi"

26-09-2019

Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida ma'naviy-axloqiy jihatdan komil inson qilib tarbiyalashga ko‘maklashish, ularning kitobxonlik savodini shakllantirish, dunyoqarashini o‘stirish maqsadida viloyatdagi mavjud 1214 ta ta'lim muassasalarida Respublika Xalq ta'limi vazirligining 2013 yil 31 yanvardagi 35-sonli buyrug‘iga muvofiq Samarqand viloyatidagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Kitobxonlar bayrami” tadbiri doirasidagi “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” Nizomda ko‘rsatilgan tartib va tavsiya asosida o‘tkazildi.    

“Kitobxonlar bayrami” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tashkiliy guruhlar tomonidan tanlov bosqichlari maktablarda, tuman (shahar)da belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tdi.

    “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Nizom talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazildi va bu tadbirda 16 ta tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 5-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Kattaqo‘rg‘on tuman 23-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Haydarova Hilola I-o‘rinni, Kattaqo‘rg‘on shahar 2-umumiy o‘rta ta'lim  maktabining 11-sinf o‘quvchisi Bekmurodova Zuhra, Paxtachi tumani 36-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Eshtilovov Sardor  III-o‘rinni egalladi.   

Ko‘rik-tanlovda g‘olib o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari tashkilotchilarning “Faxriy yorliqlari” hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

 “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” va shunga o‘xshash ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi yildan-yilga o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi va dunyoqarashining shakllanishiga hamda Vatanga bo‘lgan mehr muhabbatining oshishiga omil bo‘lmoqda.

 

  Batafsil ...  

“Yosh kitobxonlar”

24-09-2019

"Yosh kitobxonlar” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tashkiliy guruhlar tomonidan tanlov bosqichlari maktablarda, tuman (shahar)da belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tdi. Yosh kitobxonlar ko‘rik - tanlovining viloyat bosqichi Samarqand viloyat axborot-resurs markazida joriy yilning 11 iyun kuni Nizom talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazildi va bu tadbirda 16 ta tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 7-10- sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

  Batafsil ...  

Uch bosqichli tanlovlar

01-06-2019

“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovi

“Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” tanlovi

Kitobxonlar bayramidan tashqari bolalar maktab kutubxonalarida   “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi;

“Axborot-kutubxona muassasasining  eng yaxshi mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi;

“Men sevgan adabiy qahramon” insholar ko‘rik-tanlovi;

  Batafsil ...  

 
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.