O‘zb Рус Eng
Ko‘rik-tanlovlar

“Ayol borki, olam munavvar” mavzusida tadbir-bellashuvi

11-03-2021

Samarqand viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan 8 mart “Xalqaro xotin –qizlar kuni” munosabati bilan Samarqand shahar 1, 12, 14, 17, 6 –umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 8 sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida tadbir-bellashuvi o‘tkazildi. 

  Batafsil ...  

Eng yaxshi kitobxon oila

20-01-2020

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi ijrosini ta'minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda hakamlar hay'atining xulosasi asosida “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovida birinchi o‘rinni  Qo‘shrabotlik Musulmonovlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Toyloq tumanidan kelgan Rashidovlar oilasi, uchinchi o‘rinni  esa Oqdaryolik Shakarovlar oilasi egalladi. Musulmonovlar “Spark” avtomashinasi, Rashidovlar muzlatgich  va  Shakarovlar kompyuter jamlanmalariga ega bo‘lishdi.

  Batafsil ...  

“ENG YAXSHI KITOBXON MAKTAB” ko‘rik-tanlovi

15-01-2020

“ENG YAXSHI KITOBXON MAKTAB” TANLOVI G‘OLIBI KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDAGI 1-MAKTAB KITOBSEVARLARI BO‘LISHDI

 

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Eng yaxshi kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Viloyatdagi kitobsevar yigit-qizlar va ularning ustozlari jam bo‘lib, Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi ijrosini ta'minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovning viloyat bosqichini katta qiziqish bilan kuzatishdi.Tanlovda viloyatdagi barcha shahar va tumanlar vakillari, har biri 7 nafar ishtirokchidan iborat 16 ta maktab jamoasi sinovdan o‘tdi. Uch shartdan iborat tanlov jarayonini hakamlar sinchkovlik bilan kuzatib borishdi. Yakunga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumanining 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat hokimligi sovrini - 100 million so‘mni qo‘lga kiritadigan bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Paxtachi tumani 24-maktab, uchinchi o‘rin esa Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi jamoasiga nasib etdi.

 

  Batafsil ...  

'' Eng yaxshi kitobxon maktab"

04-12-2019 Eng yaxshi kitobxon maktab   Batafsil ...  

"Men muallifman"

15-11-2019

“Men muallifman” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan tashkiliy guruhlar tomonidan tanlov bosqichlari maktablarda, tuman (shahar)da belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tdi.

“Men muallifman” ko‘rik - tanlovining viloyat bosqichi Samarqand viloyat axborot-resurs markazida joriy yilning 24 oktyabr kuni Nizom talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazildi va bu tadbirda 16 ta tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 32 nafar (har bir tumandan 1 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il) o‘quvchilari ishtirok etishdi.

  Batafsil ...  

 
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.