Kutubxonadan foydalanish qoidalari
Foydalanuvchilar kutubxonadan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda, bu to‘g‘rida kutubxona xodimiga ma'lum qilishi kerak.
Kutubxona fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yohud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon yetkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda huddi shunday yoki kutubxona xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e'tirof etilgan hujjatlar va materiallar bilan almashtirilishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini bir necha barobar miqdorida to‘lashi shart.
Kutubxonadan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar kutubxonadan foydalanish huquqidan (kutubxona ma'muriyati tomonidan) belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.
Дата добавления: 28/06/2019 11:17; Просмотров: 2552
Чоп этилган вақт: 29/06/2022 02:24