O‘zb Рус Eng
Kutubxonaning huquq va majburiyatlari
 

Kutubxonaning huquq va majburiyatlari

Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o‘z faoliyatining mundarijasini va aniq shakllarini mustaqil ravishda belgilaydi; 

Bolalar kutubxonasi tuzilmasini, shtat ro‘yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi hamda ularni ta'lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

Markazga berilgan mablag‘larni tasarruf etadi;

Yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshlarni;

Lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni;

Xodimlarni mukofotlash tartibini va miqdorlarini belgilaydi;  Foydalanuvchilarga noyob va qimmatli nashrlarni berishda, shuningdek, kutubxonadan foydalanish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda garovni (tegishli xujjat) belgilaydi; 

Kutubxonadan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan kutubxonaga yetkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilaydi;

Turli muassasalarda, tashkilotlarda ta'lim muassasasi nomidan vakillik qiladi, kutubxona va axborot bibliografik faoliyat masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, yig‘ilishlar va seminarlar ishida bevosita qatnashadi;

Kutubxona fondlarining talab darajasida saqlanishi uchun javob beradi; 

Ta'lim muassasasi kutubxonaga taalluqli funksiyalarining bajarilmagani uchun qonun xujjatlarida belgidangan tartibda javob beradi;

Kutubxona axborot fondlariga zarar yetkazilishda aybdor bo‘lgan ARM xodimlari amaldagi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar;

Bolalar kutubxonasi xodimlarining mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.


Дата добавления: 28/06/2019 10:17;   Просмотров: 3308
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/about/kutubxonaning-huquq-va-majburiyatlari
Чоп этилган вақт: 29/09/2022 16:39
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.