O‘zb Рус Eng
Kutubxonaning funksiya va vazifalari
 

Kutubxonaning funksiyalari

O‘quv zallarida, abonementlarda hamda kitobxon bileti bo‘yicha yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llagan holda foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat  ko‘rsatadi.                   

Foydalanuvchilarni asosiy kutubxona-axborot xizmatlari bilan bepul ta'minlaydi. 

Kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona axborotlari berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi to‘g‘risida axborot beradi.   

Manba asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko‘rsatadi. 

Kutubxona fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi.

Boshqa kutubxonalardan kutubxonalaaro abonement bo‘yicha hujjatlar oladi.

Ta'lim muassasasining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlaro adabiyotlar ro‘yxatlarini tuzadi: mavzuviy, manzilli va boshqa bibliografik ma'lumotlar beradi: kitoblarning bibliografik sharhlarini o‘tkazadi; kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi. 

Fondlarning an'anaviy, elektron kataloglar va kartotekalar tizimini yuritadi.

Kutubxonaning vazifalari

Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko‘maklashadi.  

Ta'lim muassasasi sohasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan extiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantiradi. Ma'lumotlar qidirish apparatini, ma'lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etadi va yuritadi.  

Madaniy, ta'lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish uchun, shuningdek, foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish uchun axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar, ta'lim muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta'minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashni rivojlantiradi.  

Kutubxona xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, kutubxonani texnik jixozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatlar sifatini oshiradi.


Дата добавления: 28/06/2019 10:14;   Просмотров: 3477
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/about/kutubxonaning-funktsiya-va-vazifalari
Чоп этилган вақт: 29/09/2022 16:29
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.