O‘zb Рус Eng
Kutubxona tarkibiy bo‘limlari
 

Kutubxonada faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘limlar

1. Ilmiy - uslubiyat bo‘limi

Uslubiyat bo‘limining asosiy vazifasi  umumta'lim muassasalari kutubxonalarining  faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

 Ilmiy-uslubiyat bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilar:

-tizimdagi  kutubxonalarga tashkiliy uslubiy rahbarlik qilish va ilmiy-uslubiy kengash faoliyatini tashkil etish;

-tuman va shahar  umumiy  o‘rta  ta'lim  maktablarining metodik ishlarini rejalashtirishga ko‘maklashish;

-shahar va tuman ta'lim muassasalari kutubxonalari faoliyatini yaxshilashda amaliy-uslubiy yordam berish;

-ta'lim  muassasalari kutubxona xodimlarining malakasini oshirish-ularning kasbiy bilimlarini kengaytirish va yanada chuqurlashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

-tizimdagi  kutubxonalarga axborot xizmati ko‘rsatish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqish;

-xalq ta'limi boshqarmasi tizimidagi  maktab kutubxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kutubxonachilik bibliografik bilimlarini targ‘ibot qilish, yig‘ilish praktikum va seminarlar o‘tkazish orqali kutubxona xodimlarining malakalarini oshirishga yordam berish;

-axborot-kutubxonachilik hamda boshqa tizim va idoralarga qarashli kutubxonalar bilan olib boriladigan ishlarni, aholiga axborot xizmati ko‘rsatishni ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

- maktab  kutubxonalari ishini rivojlantirish maqsadida innovatsiya bozorini o‘rganish va innovatsion faoliyatini qo‘llab quvvatlash dasturini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

-yangi dastur va loyihalarni kutubxonachilik faoliyatiga tadbiq etishga uslubiy yordam ko‘rsatish;

-tuman va shahar maktab kutubxonasi xodimlari tarkibini va muntazam metodik ta'minotini amalga oshirish;

-  maktab  kutubxonalari  faoliyati orasida eng namunali axborot-resurs markazini aniqlash;

- maktab  kutubxonalarining ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar tayyorlash, matbuotda faol ishtirok etish;

-tuman, shahar maktab  kutubxonalaridan  yozma va raqamli hisobotlar qabul qilish hamda ularning faoliyatini tahlil qilish.

2. Axborot va kutubxona resurslarini butlash, ularni kataloglashtirish va elektron qayta ishlash bo‘limi.

Bolalar kutubxonasining kitob jamg‘armasini yangi axborot va kutubxona resurslari bilan to‘ldirish, buyurtma  asosida  nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlaridan yangi adabiyotlar xarid qilish, audio kitoblar xarid qilish, ularni kataloglashtirish hamda elektron qayta ishlov berishni tashkil etish bo‘limning  asosiy funksiyasi sanaladi.

  • Fondga qabul qilingan yangi adabiyotlarga inventar nomer berib, inventar kitobiga kiritadi;
  • Adabiyot bilan ta'minlanishning to‘liqligini nazorat qiladi va yangi olingan adabiyotlarni targ‘ib qiladi;
  • Alfavit va sistemali kataloglarni tashkil etadi, ularni tahlil qilib boradi, fondda mavjud bo‘lgan adabiyotlarni katalog bilan solishtiradi.
  • Turli sabablarga ko‘ra fonddan chiqarilayotgan adabiyotlarning inventar nomerlarini, inventar kitobdan va alfavit katalogdan chiqarish ishlarini tashkillashtiradi.

3. Axborot va kutubxona hujjatlarini kataloglashtirish va qayta ishlash bo‘limi.

Bolalar kutubxonasiga kelayotgan kitobxonlarni  elektron  darslik va adabiyotlar bilan  so‘rov asosida ta'minlash. Bolalar kutubxonasining elektron pochta va telegram orqali  yuqori  tashkilotlardan  kelgan  xatlar, buyruq va qarorlarni qabul qilib, joylarga yetkazish. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida  kitob targ‘ibotlarini o‘tkazish. Foydalanuvchilarni   kompyuter   kurslarida   o‘qitish. Bo‘limda  turli mavzularga oid tadbirlar tashkil etish. ARM dagi barcha  bo‘limning adabiyotlarini KaDaTa 2.0 dasturiga tartib asosida  joylashtirib borish.  Tuman, shahar umumiy o‘rta  ta'lim  maktablari kutubxonalarini  elektron  ma'lumotlar  bilan  ta'minlab, uslubiy yordam ko‘rsatish.

4. Elektron retrokatalogni shakllantirish va saqlash bo‘limi.

1.Bo‘lim  fondini  tashkil  etish  va  uni  to‘liq  saqlash.

        - XIX-XX  asarlarda  chop  etilgan  adabiyotlarni  joylashtirish  va  ularning  elektron  retrokatalogini  tashkil  etish.

       -  o‘zbek  va  lotin  grafikasidagi  adabiyotlarni  alfavit  va  sohalarga  bo‘lib  taxlash.

  1. 2. Yil davomida axborot va kutubxona resurslarini butlash,ularni kataloglashtirish va elektron qayta ishlash bo‘limi tomonidan olingan yangi  adabiyotlarni   xizmat  ko‘rsatish  bo‘limlariga  uzatish.

       - bo‘lim   fondiga  olingan  adabiyotlarini  inventar     va  summar  daftarlariga  qayd  qilish.

       -  olingan  adabiyotlarni  KBK  bo‘yicha  taxlash.

       -  yangi  adabiyotlardan  ko‘rgazma  tashkil etish.

3.Tuman  (shahar)  kutubxonalari bilan hamkorligida  ish  yuritish.

       - tomonlar  hamkorligida  suhbatlar,  seminar - treninglar  o‘tkazish(shartnoma asosida).

        - umumta'lim  maktablari,  mahsus  maktab  internati  va  litseylarda  yangi  tushgan adabiyotlardan  reja  asosida  targ‘ibot  ishlari  olib  borish.

4.Bo‘lim  fondidagi  adabiyotlardan (cheklangan  miqdorda) boshqa  ta'lim  muassasalariga  hujjat  orqali  ma'lum  muddatga  adabiyotlar  berib  borish  va  uni  vaqtida  qaytarishini  nazorat  qilish.

 

5. Axborot-bibliografiya va o‘lkashunoslik ma'lumotlari bo‘limi.

Axborot-bibliografiya  ishi  quyidagilarni  o‘z  ichiga oladi:

-ma’lumotnoma bibliografik  xizmat;

-bibliografik  xabar  etkazish;

-bibliografik  ro‘yxatlar  tuzish;

-kutubxona –bibliografiya bilimlarni  o‘rganish;

-elektron  pochta  bo‘yicha  so‘rovlarni  bajarish;

-elektron  kutubxona  katalogini  tashkil  qilish;

         Ushbu bo‘lim mazmunini ochib beruvchi asosiy ish yo‘nalishlari mavjud. Ushbu ish yo‘nalishi qo‘yidagicha amalga oshiriladi:

-hujjatlarni uyga berish, o‘quv zalida foydalanish uchun hujjatlarni taqdim qilish;

- moddiy tashuvchidagi elektron hujjatlarni sotib olish;

- Internet tarmog‘iga joylashtirilgan to‘liq matnli elektron hujjatlardan foydalanishni tashkil qilish;

- foydalanuvchilarga elektron hujjatlarni etkazib berishni tashkil qilish; hujjatlardan kseronusxa olish, skaner yordamida nusxa olish xizmatlarini bajarish:

- foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklarni tashkil qilish.

         Foydalanuvchilarning og‘zaki, yozma, elektron pochta orqali bibliografik va faktografik so‘rovlarini qondirishni ta’minlovchi bibliografik, faktografik ma’lumotlar  bazasidan foydalanishni taqdim qilish.

         Ushbu  ma’lumotnoma  xizmatlarini  quyidagicha amalga oshirish mumkin:

- elektron pochta bo‘yicha so‘rovlarni bajarish:

- turli axborot tashuvchilardan  bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar, ro‘yxatlar, daydjestlar chiqarish;

-mamlakatning elektron kutubxonalariga, malumotlar  bazasiga kirishni tashkil etish;

- elektron kutubxona katalogini tashkil etish;

- Internet tarmog‘ining ma’lumotlar bazasidan foydalanish.

Bo‘limga yil davomida olinadigan davriy nashrlarga ishlov berish, mazmuniga qarab sohaviy bo‘limlarga kartoteka yozib borish va kelgan foydalanuvchilarga kartochka orqali ma’lumotlarni topib berish.

 

6. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar bo‘limi, medioteka.

ABONEMENT  -  MTM  tarbiyalanuvchi  bolalarga  (ota – onalari  yoki  tarbiyachi,  pedagoglar  bilan  kelgan  kichik  yoshdagi  foydalanuvchi  bolalarga) , umumiy  o‘rta  ta'lim    maktablarining  1-4  sinf   o‘quvchilariga, oilaviy  kitobxonlarga,  pedagog,  o‘qituvchilarga (qisman  16  yoshdan  katta  bo‘lgan  foydalanuvchi  kitobxonlarga)  xizmat  ko‘rsatiladi.  Abonementda  foydalanuvchi  kitobxonlar  ertak  kitoblar,  hikoya, she'r, maqollar,  tez  aytish  va  topishmoqlar,  (o‘zbek,  rus  va  boshqa  tillardagi)  ensiklopediyalardan  foydalanishlari  mumkin.      

            O‘QUV  ZALI  -  Bo‘limda mavjud bo‘lgan bolalar yoshiga  mos  adabiyotlar  va darslik  kitoblaridan  mustaqil  va  qo‘shimcha  ravishda  foydalanuvchi  kitobxonlarga  xizmat  ko‘rsatadi.

           

An'anaviy  xizmat  turlari:

           

  • Kitoblarni, ma'lumot  va  adabiyotlarni  qidirish hamda manbalarni  tanlashda  ko‘mak,  maslahat  va  tavsiyalar  berish.

  

  • Adabiyotlarni faqatgina  o‘quv  zalidan  foydalanishga  berish.

 

“Maktabgacha  va  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarga  xizmat  ko‘rsatish” bo‘limining  (qo‘shimcha)  xizmat  turlari: 

 

Muhim  sanalarga  (bayramlarga),  shoir  va  yozuvchilarning  tavallud  topgan  kunlari  hamda  yubileylariga  bag‘ishlab  tadbirlar,  ijodiy – badiiy  kechalar  tashkil  etish;

 

  • Ertaklardan foydalanib  ovozli  va  obrazli  o‘qishlar  o‘tkazish.
  • Multimediya orqali  multfilm  namoyishi.
  • Rassomchilik bo‘yicha  “Iste'dodli  qalamkashlar”  nomli  to‘garagida    mo‘yqalam  orqali  rasmlar  ko‘rik – tanlovini  o‘tkazish.
  • To‘quvchilik bo‘yicha  “Mohir  qo‘llar”  nomli  to‘garak mashg‘ulotlarini  o‘tkazish.

 

Ommaviy  tadbir  turlari:

 

  • Kutubxona bo‘ylab  yangi  kitobxonlar,  MTM  tarbiyalanuvchilari  va  umumta'lim  maktablari  o‘quvchilari  bilan  ekskursiyalar;
  • Kitobxonlikni targ‘ib  qilishga  bag‘ishlangan  tadbirlar;
  • Intellektual o‘yinlar  va  viktorinalar;
  • Kitoblar taqdimoti  va  targ‘iboti;

 

Suhbat  turlari: 

 

  • Yakka tartibda  yangi  kelgan  kitobxon  bilan  suhbat;
  • Guruhli suhbat  bo‘limga  kelgan  kitobxon  bolalar  bilan 
  • 10 – 12 nafar va  undan  ortiq  bo‘lgan  kitobxonlar bilan  ko‘rgazmalar  oldida  suhbat;
  • Tavsiyaviy suhbat:  yangi  kelgan  adabiyotlar  bilan  tanishtirgan  holda  ulardan  foydalanishlarini  tavsiya  etish.

7. O‘rta va yuqori yoshdagi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi.

“O‘rta va  yuqori   sinf  o‘quvchilariga  xizmat  ko‘rsatish”  bo‘limi  uch  qismdan - abonement, o‘quv  zali   va  san'at  bo‘limidan  iborat.

 

            ABONEMENT  - o‘rta va yuqori maktab yoshidagi o‘quvchilarni  aholining  katta yoshdagi qatlamlarini a'zo qilish hamda ularga kutubxona xizmatini ko‘rsatish. Kitobxonlarga muntazam ravishda xizmat ko‘rsatgan holda oy davomida  qarzdor kitobxonlar bilan ishlar olib borish. Yangi kelgan kitobxonlarni kitob va kutubxonadan foydalanish  qoidalari bilan tanishtirish, ularga so‘ralgan  zarur ma'lumotlar va adabiyotlarni topishda ko‘maklashish. Abonementda  foydalanuvchi  kitobxonlar  ertak  kitoblar,  hikoya, she'r, maqollar, tez  aytish  va  topishmoqlar,  (o‘zbek,  rus  va  boshqa  tillardagi)  ensiklopediyalardan  foydalanishlari  mumkin. Bo‘lim jamg‘armasiga qabul qilingan yangi adabiyotlarni innventar va sumar  daftariga qayd etib, bo‘lim hisobiga  o‘tkazish. Bo‘limda kundalik, alfavit daftarlari va formulyarni bir xil tarzda yuritib borish.

            O‘QUV  ZALI  -  bo‘limda mavjud bo‘lgan adabiyotlar  o‘quvchilar  tomonidan so‘ralgan   badiiy  adabiyotlar   mustaqil  va  qo‘shimcha  ravishda  foydalanuvchi  kitobxonlarga  xizmat  ko‘rsatadi.

            SAN'AT  bo‘limining bo‘lim turlari:

  • teatr va  kino 
  • balet
  • skripka
  • fortepiano

Madaniy  xizmat turlari:

Kitobxonlarga  xizmat ko‘rsatish  ular  orasida  ma'naviy – ma'rifiy  tadbirlar  uyushtirish, ma'naviyat  va  san'atga  oid  mediaresurslarni targ‘ib  qilish, jamg‘armaga mediaresurslarni  qabul  qilish  jamg‘armadan  chiqarish.

 

          An'anaviy  xizmat  turlari:

           

  • Foydalanuvchi kitobxonlar bilan  ular  o‘qigan kitoblarni mazmuni to‘g‘risida suhbatlar olib borish.

 

  • Adabiyotlarni faqatgina  o‘quv  zalidan  foydalanishga  berish.

 

“O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish” bo‘limining  (qo‘shimcha)  xizmat  turlari:

 

Bo‘limda muhim  sanalarga  (bayramlarga),  shoir  va  yozuvchilarning  tavallud  topgan  kunlari  hamda  yubileylariga  bag‘ishlab  tadbirlar,  ijodiy – badiiy  kechalar  tashkil  etish;

 

  • Rassomchilik bo‘yicha  “Yosh   rassomlar”  nomli  to‘garagida  erkin  mavzuda    rasmlar  ko‘rik – tanlovini  o‘tkazish.

 

Ommaviy  tadbir  turlari:

 

  • Kutubxona bo‘ylab  yangi  kitobxonlar  va  umumta'lim  maktablari  o‘quvchilari  bilan  ekskursiyalar;
  • Kitobxonlikni targ‘ib  qilishga  bag‘ishlangan  tadbirlar;
  • Intelektual o‘yinlar  va  viktorinalar;
  • Kitoblar taqdimoti  va  targ‘iboti;
  • Mediaresurslar fondini  yaratish;

 

 

Xizmat  turlari:

 

  • Yakka tartibda  yangi  kelgan  kitobxon  bilan  suhbat;
  • Guruhli kelgan  kitobxonlar bilan  suhbatlar o‘tkazish; 
  • 15 – 20 nafar va  undan  ortiq  bo‘lgan  kitobxonlar bilan  davra suhbatlari olib borish;
  • Tavsiyaviy suhbat:  yangi  kelgan  adabiyotlar  bilan  tanishtirgan  holda  ulardan  foydalanishlarini  tavsiya  etish.

 

8. Yangi axborot texnologiyalari va Internet sinf bo‘limi.

Hududdagi  o‘rta  va  katta  maktab  yoshidagi  maktab  o‘quvchilarini, aholining  turli  qatlamlarini  a'zo qilish,  ularga  axborot  va  kutubxona  xizmati  ko‘rsatish,  kitobxonlar  orasida  ma'naviy-ma'rifiy  tadbirlar  uyushtirish,  ularning  qiziqishlarini  o‘rganib  borish,  bo‘sh vaqtlarini  mazmunli  o‘tishiga  ko‘maklashish,  kitobxonlarning  axborot  olish  madaniyatini  shakllantirish, ularning   internetdan  to‘g‘ri  ma'mulot  olishiga  ko‘maklashish.

  1. VEB saytdagi yangi  elektron  adabiyotlar  va  audio  asarlar  bilan  boyitib  borish.
  2. Bo‘limga kelgan kitobxonlarga  elektron  ma'lumotlar  olishga  ko‘maklashish.

3.Elektron  asarlar  va  audio  disklardan  nusxalar  tayyorlash.

4.KaDaTa 2.0 dasturi  bo‘yicha  ARM fondidagi  adabiyotlarni   saytga joylashtirib  borish.

  1. Kutubxona va boshqa kutubxonalar bilan  elektoron  ma'lumotlar almashish.

Последнее редактирование: 30/03/2021 10:10;   Просмотров: 5235
 
Материал манзили: http://samkutubxona.uz/about/kutubxona-tarkibiy-bolimlari
Чоп этилган вақт: 29/06/2022 02:50
 

Ijtimoiy tarmoqlar

Сўровнома

Saytga baho bering

Taqvim

 

Hamkor saytlar

Matnni o‘qish uchun matnni belgilab, karnaycha turmasini bosing.